Andijonda O‘zbekistonda muomalasi cheklangan 220 millionlik dorilarning noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi
Oltinko‘l tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida avvaldan kuzatuvga olingan fuqaro S.S. boshqaruvidagi Lasetti rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, avtomashinada sifatini va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi bironta ham hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan 970 dona “Tropikamid”, 4032 dona “Regapen”, 350 dona “Karbamazenin” hamda 960 dona “Taufon tabs” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi.
Ularning umumiy qiymati 220 mln. so‘mni tashkil qilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
16:13 / 20.12.2024
Yigirmaga yaqin bolani 1,5 ming km masofaga tashiyotgan uchta Damas ushlandi
16:54 / 19.12.2024
Andijonda Suriyadagi terrorchi guruhlarga pul yuborgan fuqaro 10 yildan ortiq muddatga qamaldi
15:16 / 18.12.2024
Andijonda er-xotin is gazidan zaharlanib, vafot etdi
10:49 / 15.12.2024