Andijonda bolalar bog‘chasida 900 million so‘mlik noqonuniy saqlab kelinayotgan kuchli ta’sir etuvchi dori vositalari aniqlandi
Andijon shahrida yashovchi fuqaro M.N. o‘zi boshqaruvidagi xususiy maktabgacha ta’lim muassasasida yashirin joy tashkil qilib, umumiy qiymati 900 million so‘mlik 6.595 dona “Tropikamid”, 4.871 dona «Lirika» va 3.539 dona “Regapen” kuchli ta’sir etuvchi dori vositalarini sotish maqsadida noqonuniy saqlab kelayotgani aniqlandi.
Andijon viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 1 fevral kuni Andijon viloyati IIB JQB Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish bo‘limi, Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB hamda Andijon viloyati IIB Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi xodimlarining hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida mazkur holat aniqlangan va hozirda Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
21:15 / 11.01.2025
Andijonda maktab o‘qituvchisidan farzandiga baho qo‘yishni talab qilgan ota-ona jarimaga tortildi
22:39 / 07.01.2025
Andijonda 518 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan choyxona aniqlandi
08:14 / 07.01.2025
Andijondagi xonadonda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi
01:01 / 06.01.2025