Andijonda ohak ishlab chiqarish sexi gaz ta’minoti tashkilotiga 90 millionga yaqin zarar keltirgan
Fuqaro tabiiy gaz hisoblagichisiz, gaz tarmog‘iga polietilen quvur yordamida noqonuniy ulanib, ohak ishlab chiqarayotgan bo‘lgan. Bu haqda “Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Andijon tumanining “Qumko‘cha” MFY “Rovvot” ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro M.A. xonadonida joylashgan ohak ishlab chiqarish sexida yashirin yo‘llar bilan, tabiiy gaz hisoblagichisiz, gaz tarmog‘iga polietilen quvur yordamida noqonuniy ulanib, 4 dona qo‘lbola yondirgich hamda 1 dona gazso‘rg‘ichdan foydalangan holda ohak pishirilayotganligi aniqlangan. Tabiiy gaz bosimi yong‘ichdan o‘lchanganda, bosim 120 mm suv ustunini ko‘rsatgan.
Hozirda mazkur iste’molchi tabiiy gaz tarmog‘idan ajratilgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, iste’moliga nisbatan 89 ming 741 metr-kub gaz hajmi hisoblanib, gaz ta’minoti tashkilotiga yetkazilgan zarar miqdori 89 million 741 ming so‘mni tashkil etdi.
Yuqorida qayd etilgan holat bo‘yicha materiallar huquqni muhofaza qilish idoralariga topshirilgan.
Mavzuga oid
16:13 / 20.12.2024
Yigirmaga yaqin bolani 1,5 ming km masofaga tashiyotgan uchta Damas ushlandi
16:54 / 19.12.2024
Andijonda Suriyadagi terrorchi guruhlarga pul yuborgan fuqaro 10 yildan ortiq muddatga qamaldi
15:16 / 18.12.2024
Andijonda er-xotin is gazidan zaharlanib, vafot etdi
10:49 / 15.12.2024