Jahon | 14:25 / 26.02.2022
15898
1 daqiqa o‘qiladi
Kiyev metrosi to‘liq bombapanaga aylantirilib, yo‘lovchi tashish to‘xtatildi
Ukraina poytaxti Kiyevda metro yo‘lovchi tashishni to‘xtatdi. Bu haqda shahar meri Vitaliy Klichko o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
«Metro to‘liq bombapana rejimiga o‘tdi, yo‘lovchi tashish faoliyati to‘xtatildi», deb yozdi Klichko kanalida.
Kiyev aholisi uch kundan buyon havo hujumidan ogohlantiruvchi sirenalar chalingach, bombapanalarga kirib ketmoqda. Poytaxt metrosida minglab odamlar tunab qolib, jon saqlayapti. Hatto metroda jon saqlayotgan ayolning ko‘zi yoridi. Xarkovda ham odamlar metro va yerosti o‘tish yo‘llaridan bombapana sifatida foydalanishmoqda.
Mavzuga oid
21:42 / 23.12.2024
WP: Ukraina hukumati urush 2025 yilda tugashiga ishonmoqda
22:14 / 21.12.2024
Ukrainada askarlar yetishmayotgani sabab havo hujumidan mudofaa harbiylarini yuborish buyurildi
20:38 / 21.12.2024
Kursk oblastining Rilsk shahri o‘qqa tutildi
18:44 / 21.12.2024