Andijonda ishga va o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 32 000 AQSh dollari olgan firibgarlar ushlandi
Oltinko‘l tumanida fuqarolarni ishga va o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Oltinko‘l tumanida fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar Z.U., Sh.G. (muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan) va K.A. oldindan til biriktirib, go‘yoki o‘zlarining Toshkent shahridagi tanishlari orqali fuqaro O.ni Milliy gvardiya tizimiga ishga joylashtirish va fuqaro I.ni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 32 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, Bo‘ston va Shahrixon tumanlarida qo‘shni davlatdan fuqarolarning o‘qishini ko‘chirib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlangani xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
16:13 / 20.12.2024
Yigirmaga yaqin bolani 1,5 ming km masofaga tashiyotgan uchta Damas ushlandi
16:54 / 19.12.2024
Andijonda Suriyadagi terrorchi guruhlarga pul yuborgan fuqaro 10 yildan ortiq muddatga qamaldi
15:16 / 18.12.2024
Andijonda er-xotin is gazidan zaharlanib, vafot etdi
10:49 / 15.12.2024