O‘zbekiston | 14:36 / 07.03.2022
13875
1 daqiqa o‘qiladi

Bo‘zatov tumani hokimi o‘zgardi

Foto: Jo‘qarg‘i Kenges / Kamal Allaniyazov

Bo‘zatov tumani hokimi lavozimiga Kamal Allaniyazov tayinlandi. Bu haqda Jo‘qarg‘i Kenges matbuot xizmati xabar berdi.

Tayinlovga qadar Kamal Allaniyazov qishloq xo‘jaligi sohasida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan.

2019 yildan shu vaqtga qadar Bo‘zatov tumani hokimi bo‘lgan Mahmud Kaypanov boshqa lavozimda ish boshlagan. Hozircha uning aynan qaysi lavozimga o‘tgani haqida qo‘shimcha ma’lumot berilmadi.

Mahmud Kaypanov

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Qoraqalpog‘istonda Ichki ishlar vaziri va Mo‘ynoq tumani hokimi o‘zgargandi.

Mavzuga oid