Jizzaxda 3 metr uzunlikdagi piton iloni topildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatining G‘allaorol tumani Juma bozori yaqinida 3 metr uzunlikdagi ilon topilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Tarqalgan xabarlar yuzasidan Ekologuz kanali Jizzax viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi matbuot xizmati kotibi Zamira Abdullayeva bilan bog‘lanib ma’lumotga oydinlik kiritdi.
Matbuot xizmati kotibining ma’lumot berishicha, bunday tur ilonlar O‘zbekiston hududida uchramaydi. Video va suratlardagi piton iloni G‘allaorol tumani "Olimlar" MFY hududidagi ochiq maydonga sel bilan oqib kelgan va cho‘ponlar tomonidan topilgan.
Tarqalgan xabarlar yuzasidan G‘allaorol tumani Ekologiya bo‘limi va IIB birgalikda ushbu holatni o‘rganmoqda. Ilon qayerda va kim tomonidan suvga tashlangani haqidagi to‘liq ma’lumotlar olinishi bilan yana qo‘shimcha xabar beriladi, deyiladi axborot xizmati bayonotida.
Ekologuz kanali xavotirga o‘rin yo‘qligini bildirgan. Bundan oldin Bildirsoydan o‘lik holda bo‘g‘ma ilon topilgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgani eslatilgan.
“Bizning hududda bunday turdagi ilonlar yashamaydi va bu tur ilonlar iliq tropik havoni yaxshi ko‘rgani uchun 25 gradusdan baland bo‘lgan hududlarda uchraydi. Ya’ni, tropik zonalarda ko‘plab uchratish mumkin. Tarqalgan videoda ilon cho‘ponlar tomonidan o‘lik holatda topilgan. Bunday tur ilonlar O‘zbekistonda faqat xususiy hayvonot bog‘lari, sirklar, ko‘chma sirklarda boqiladi”, deyiladi kanal ma’lumotida.
Mavzuga oid
07:24 / 17.12.2024
Jizzax va Samarqand viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
15:25 / 15.12.2024
Toshkent-Termiz yo‘lining Jizzaxdagi dovondan o‘tgan qismida yuk avtomobillari harakati vaqtincha cheklandi
18:54 / 10.12.2024
Jizzaxda 1 mlrd so‘mlik qalbaki pul sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
10:17 / 03.12.2024