Navoiyda bojxonachilar tomonidan uch oyda 201 ta huquqbuzarlik holati aniqlandi
Yanvar-mart oylarida viloyatdagi bojxona postlarida noqonuniy olib o‘tishga urinilgan 1,5 mlrd so‘mlik tovar-moddiy boyliklar ushlab qolingan. Bu haqda Kun.uz’ga viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, boshqarma tomonidan 2022 yilning 1-choragida 306,6 mlrd so‘mlik bojxona to‘lovlari undirilgan. Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida bojxona to‘lovlaridan 311,1 mlrd so‘m imtiyozlar berilgan. Imtiyoz asosan transport vositalari va uning ehtiyot qismlari, texnologik asbob-uskunalar, farmatsevtika mahsulotlari, tibbiyot asbob-uskunalari hamda maishiy-texnika kabi tovarlarga qo‘llangan.
O‘tgan uch oyda viloyatdan 25 ga yaqin chet davlatga 119,4 mln dollarlik tovarlar eksport qilingan. Eksportga yo‘naltirilgan tovarlarning asosiy qismini tabiiy qazilmalar, metallar va ulardan tayyorlangan buyumlar, kalava ip, to‘qimachilik hamda oziq-ovqat mahsulotlari tashkil qilmoqda.
Shuningdek, yanvar-mart oylarida bojxona postlarida 201 ta huquqbuzarlik holati aniqlanib, daliliy ashyo sifatida 1,5 mlrd so‘mlik tovar-moddiy boyliklar ushlab qolingan. Ushbu holatlar bo‘yicha 13,6 mlrd so‘m qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblangan.
Mavzuga oid
18:18 / 03.01.2025
Navoiyda “arizachi” Bosh prokuratura departamenti xodimlarini chuv tushirib, tezkor tadbirdagi pulni olib qochdi
16:07 / 03.12.2024
Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
19:25 / 02.12.2024
Navoiyda pora olgan IIB xodimi ozodlikdan mahrum qilindi
12:16 / 01.11.2024