Samarqandda fuqaroni ishga kiritib qo‘yishini aytib 500 dollar olgan tez yordam bo‘limi mudiri ushlandi
Nurobod tuman tibbiyot birlashmasining tez tibbiy yordam bo‘limi mudiri ishga kiritib qo‘yishini aytib fuqarodan 500 dollar olayotganda ushlangan.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departament va DXX Nurobod tumani bo‘limi hamda IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda tuman tibbiyot birlashmasining tez yordam bo‘limi mudiri Ya.B. fuqaro F.dan uni tuman tibbiyot birlashmasiga tanishlari yordamida patronaj hamshirasi vazifasiga 0,75 shtat birligida ishga qabul qilish evaziga 500 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
21:00 / 09.12.2024
200 dollarlik fotosurat, “ish bitirgan” kurka bolalari va qo‘shmachining “tanka”si – noodatiy poralar
19:25 / 02.12.2024
Navoiyda pora olgan IIB xodimi ozodlikdan mahrum qilindi
12:07 / 30.11.2024
Davlat kadastrlar palatasining Yangihayot tuman filiali sobiq boshlig‘i 12 yilga qamaldi
20:50 / 20.11.2024