Sport | 14:00 / 06.05.2022
23667
1 daqiqa o‘qiladi

2022 yilgi Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari noma’lum muddatga qoldirildi

Foto: AP

2022 yil kuzida Hanchjouda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan XIX Osiyo va IV Paraosiyo o‘yinlari noma’lum muddatga qoldirildi. Bu haqda turnirning tashkiliy qo‘mitasi ma’lum qildi.

Xitoydagi koronavirusning yangi to‘lqini bilan bog‘liq vaziyat musobaqaning kechiktirilishiga sabab bo‘ldi.

Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarining yangi sanalari keyinroq e’lon qilinadi.

Ma’lumot o‘rnida, musobaqa o‘tkaziladigan Hanchjou Xitoyning eng yirik shahri — Shanhay yaqinida joylashgan. Shanhayda esa yaqinda bir haftalik karantin joriy etilgan edi.

Avvalroq tashkilotchilar Pekinda bo‘lib o‘tgan qishki Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarining muvaffaqiyatli tajribasidan saboq olib, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarini ham ana shu reja asosida o‘tkazishlarini ma’lum qilishgandi.

Mavzuga oid