Samarqandda 2 kilogramm opiyni 30 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan tojikistonlik ushlandi
Tojikistonlik shaxs 2 kilogramm opiyni xaridor sifatida jalb qilingan fuqaro hamda tezkor xodimga sotmoqchi bo‘lganida qo‘lga olingan.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 3 iyun kuni viloyat IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bo‘limi hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida Toyloq tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida Toyloq tumani «Galabotir» MFY hududida 47 yoshli Tojikiston fuqarosi tadbirga xaridor tariqasida jalb etilgan fuqaro va tezkor xodimga 30 ming dollar evaziga 2 kilogramm miqdoridagi opiy giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Giyohvand modda tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. Qayd etilishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Surxondaryoda 40 kilogramm opiyni 140 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan denovlik shaxs ushlangandi.
Mavzuga oid
09:09 / 20.12.2024
Samarqandda 19 yoshli ayol 16 yoshli qizni kaltakladi
19:07 / 18.12.2024
Samarqandda avtobus piyodani urib yubordi
07:24 / 17.12.2024
Jizzax va Samarqand viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
19:08 / 16.12.2024