O‘zbekiston | 10:36 / 25.06.2022
41920
1 daqiqa o‘qiladi

Prezidentning vakolat muddati 7 yilga uzaytirilishi mumkin

O‘zbekiston prezidentining vakolat muddatini 5 yildan 7 yilga uzaytirish taklif etilmoqda. Bu – Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha qonun loyihasiga kiritilgan.

Loyiha “Xalq so‘zi” gazetasining bugun, 25 iyul kungi sonida e’lon qilindi. Loyiha elektron shaklda Meningkonstitutsiyam.uz portaliga ham joylanishi kutilmoqda.

Qonun loyihasi har bir bandga alohida izoh qoldirish mumkin bo‘lgan regulation.gov.uz portaliga joylashtirilishi masalasi ochiq qolmoqda.

Avvalroq Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Kun.uz'ga bergan intervyusida Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritilgach, “yangi huquqiy makon” yaratilishi, natijada har bir fuqaro, xususan amaldagi davlat rahbarida ham o‘z nomzodini prezidentlikka ilgari surish imkoniyati bo‘lishini aytgandi.

Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaga o‘zgarishlar referendum o‘tkazish orqali qabul qilinishini e’lon qilgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston prezidentining vakolat muddati 2011 yilda 7 yildan 5 yilga qisqartirilgandi.

Mavzuga oid