Andijondagi uzumchilar mahallasi
Buloqboshi tumani Uchko‘cha mahallasi uzumchilik bilan shug‘ullanadi. Mahalladagi 480 ta xonadonning deyarli barchasida uzum yetishtiriladi. O‘tgan yildan tajriba tariqasida yo‘l ustiga ham so‘ritoklar qilingan.
Mahalla yo‘llarida yurganingizda o‘zingizni “uzumlar yomg‘iri” ostida qolganday his qilasiz. Ko‘chaga qilingan so‘ritoklardagi uzumlardan ham qo‘shimcha daromad olish rejalashtirilgan.
“Esimizni taniganimizdan beri uzumchilik bilan shug‘ullanib kelamiz. Uzumchilik – otamiz rahmatlidan meros. Bahordan kuzgacha mehnatini qilib, qarab, vaqtida o‘g‘itini beramiz, vaqtida dorisini beramiz. Hosilni olgandan keyin bozorga olib borib sotmaymiz: eksportchilar o‘zlari kelib, pul to‘lab, taroziga qo‘yib, o‘zlari uzib olib ketishyapti.
Oilaviy shug‘ullanamiz shu bilan. O‘zim boshqa joyda ishlamayman. Uzum bilan tirikchilik qilaman”, – deydi Avazbek Teshaboyev.
Hozirda 5 xil navdagi uzum yetishtirilmoqda. Dehqonlar yetishtirgan uzumiga qarab bir mavsumda 30-40 milliondan 70-80 million so‘mgacha daromad qilmoqda.
Ko‘chalarga qilingan so‘ritoklardan esa bu yildan hosil olish boshlanadi. Bu ham dehqonlarga qo‘shimcha 1-2 tonna uzum yetishtirish imkoniyatini bergan. Hozirda mahalladagi dehqonlar boshqa uzum navlarini ham moslashtirish bilan shug‘ullanmoqda.
Abduvali Qurbonov,
Kun.uz muxbiri
Tasvirchi va montaj ustasi – Azizbek Ismoilov.
Mavzuga oid
16:13 / 20.12.2024
Yigirmaga yaqin bolani 1,5 ming km masofaga tashiyotgan uchta Damas ushlandi
16:54 / 19.12.2024
Andijonda Suriyadagi terrorchi guruhlarga pul yuborgan fuqaro 10 yildan ortiq muddatga qamaldi
15:16 / 18.12.2024
Andijonda er-xotin is gazidan zaharlanib, vafot etdi
10:49 / 15.12.2024