Andijonda 10 metrlik kanalizatsiya qudug‘iga tushib, hushini yo‘qotgan ikki kishi qutqarildi
Kecha, 21 iyul kuni soat 13:45 da Andijon shahar Y.Otabekov ko‘chasida joylashgan chuqurligi 10 metr bo‘lgan yerosti quvuri (kanalizatsiya)ga 2 nafar fuqaro ta’mirlash maqsadida tushib, chiqa olmayotgani haqida viloyat FVBga xabar kelib tushgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, aytilgan manzilga FVV qutqaruvchilari yetib borgan vaqtda quduq ichiga tushgan fuqarolarning sog‘lig‘i yomonlashib, hushini yo‘qotgani ma’lum bo‘lgan.
Qutqaruvchilar tezkorlik bilan maxsus qutqaruv anjomlari yordamida ularni quduqdan olib chiqib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan. Shundan so‘ng malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tez tibbiy yordam orqali davolash muassasasiga yuborilgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi kanalizatsiya quduqlariga o‘zboshimchalik bilan tushish hayot uchun xavfli ekani haqida eslatib o‘tgan. Bildirilishicha, bu faqat mutaxassislar tomonidan xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
16:13 / 20.12.2024
Yigirmaga yaqin bolani 1,5 ming km masofaga tashiyotgan uchta Damas ushlandi
16:54 / 19.12.2024
Andijonda Suriyadagi terrorchi guruhlarga pul yuborgan fuqaro 10 yildan ortiq muddatga qamaldi
15:16 / 18.12.2024
Andijonda er-xotin is gazidan zaharlanib, vafot etdi
10:49 / 15.12.2024