G‘ijduvonda qo‘shnisining Lacetti’siga o‘t qo‘yib yuborgan shaxs sudlandi. Jinoyatga kabutarlar uchib ketgani sabab bo‘lgan
Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida qo‘shnisining mashinasini yoqib yuborgan shaxsga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, G‘ijduvon tumanida yashovchi A.R. mahalladoshi, kabutar boquvchi fuqaro F.B.ga uyida kabutar saqlashga qiziqishi ortayotganini aytib, undan 13 dona kabutar keltirib berishini so‘ragan. Ko‘p o‘tmay olib kelingan kabutarlarning ikki donasi yo‘qolgan. A.R. esa qo‘shnisidan yo‘qolgan kabutarlarni topib berishini talab qilgan. Shunda qo‘shnisi kabutar uchib ketgan bo‘lishi mumkinligini aytgan. Ularning evaziga bir dona o‘zining kabutarini berishini va ikkinchi kabutar qaytib kelmasa, keyinroq yana bir dona kabutar berishini tushuntirgan.
Biroq jahli chiqqan A.R. o‘ziga avvaldan tanish bo‘lgan, uyida benzin sotuvchi A. ismli tanishining oldiga borib, u bilan spirtli ichimlik ichgan. Kechki payt uyiga qaytguncha tanishidan benzin olib, kabutar sotuvchi qo‘shnisi F.B.ning hovlisi oldida turgan Lacetti avtomashinasiga benzin sepib, yoqib yuborgan va voqea joyidan qochib ketgan.
Dastlabki tergov-surishtiruv ishlari davomida A.R.ning jabrlanuvchiga 86 million 397 ming 465 so‘mlik moddiy zarar yetkazgani aniqlanib, tegishli tartibda jarima belgilangan.
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 173-moddasi (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) 2-qismi qo‘llanib, 2 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Mavzuga oid
12:33 / 13.12.2024
Buxoroda 2,6 mln dollarlik kriptoaktivlar bilan savdo qilgan 17 yoshli o‘smir ushlandi
10:24 / 02.12.2024
Buxoro viloyati hokimiga ikki nafar yangi o‘rinbosar tayinlandi
13:41 / 30.11.2024
Prezident yig‘ilishidan keyin Buxorodagi uchta tuman va bir shaharda hokim o‘zgardi
15:04 / 03.11.2024