Samarqandda mahalla raisi fuqaroga kuch ishlatdi
Holat yuzasidan viloyat IIB axborot xizmati munosabat bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Paxtachi tumanida mahalla raisi fuqaroga kuch ishlatgani aytilgan video tarqaldi. Videoda profilaktika inspektorining yonida turgan mahalla raisi fuqaroga kuch ishlatishini aytgan va uning bo‘yin qismiga ikki marta kafti bilan zarba bergan. Viloyat IIB axborot xizmati holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, 2022 yilning 30 iyul kuni Paxtachi tumani Quvondiq mahallasida yashovchi fuqaro 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, turmush o‘rtog‘i mast holatda janjal qilayotgani bo‘yicha murojaat qilgan.
Murojaat yuzasidan hudud profilaktika inspektori A.Egamberdiyev va shu mahalla raisi fuqaroning uyiga borishganda, haqiqatan ham u mast holatda turmush o‘rtog‘i bilan janjal qilayotgani aniqlangan.
Shundan so‘ng profilaktika inspektori hamda mahalla raisi fuqaroni mastlik holati tarqagunga qadar tuman IIB binosida saqlash maqsadida olib ketmoqchi bo‘lganda, u profilaktika inspektorining qonuniy talabini bajarmagan.
Mahalla raisi fuqaroning tinchlanishi va hushyor tortishi uchun yelkasiga ikki marotaba qo‘lining kaft qismi bilan tegingan. Fuqaro tuman IIB binosiga olib kelinib, tegishli tartibda rasmiylashtirilib, mastlik holati tarqagandan so‘ng uyiga ruxsat berilgan.
Mavzuga oid
09:09 / 20.12.2024
Samarqandda 19 yoshli ayol 16 yoshli qizni kaltakladi
19:07 / 18.12.2024
Samarqandda avtobus piyodani urib yubordi
07:24 / 17.12.2024
Jizzax va Samarqand viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
19:08 / 16.12.2024