O‘zbekiston | 12:23 / 06.08.2022
8233
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda milliy messenjer va ijtimoiy tarmoq yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qilindi

Innovatsion rivojlanish vazirligi milliy messenjer va ijtimoiy tarmoq ishlab chiqish bo‘yicha tanlov e’lon qildi.

Foto: Kun.uz

E’londa aytilishicha, tanlovda ishtirok etuvchi startap loyihalar tashabbuskorlaridan arizalar joriy yilning 31 iyulidan 1 oktyabriga qadar qabul qilinadi.

Startap loyihasi tashabbuskori loyiha ta’sischilaridan biri (kompaniya bo‘lsa, asosiy aksiyadorlardan biri) bo‘lishi kerak. Loyiha tashabbuskori (bitta ishtirokchi) bitta loyiha bilan ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda barcha yo‘nalishlar bo‘yicha keng ko‘lamli startap loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishga qaratilgan arizalar qabul qilinadi. Ular o‘zlarining innovatsiyalari va texnologiyalariga asoslangan bo‘lishi kerak.

Avvalroq O‘zbekistonda Davra.uz milliy ijtimoiy tarmog‘i ishga tushirilgan va UzChat messenjeri ishlab chiqilgan edi. Biroq ular o‘zbekistonliklar orasida mashhurlikka erishmadi.

2011 yilda Muloqot.uz ijtimoiy tarmog‘i ishga tushirilgan bo‘lsa, 2018 yil iyun oyida ishlashni to‘xtatdi.

Mavzuga oid