O‘zbekiston | 16:11 / 09.08.2022
6173
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda 4 gektar yerni 42 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fermer ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Foto: Prokuratura departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi, DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda, “X.S.” fermer xo‘jaligi rahbari K.A. va boshqalar ushbu xo‘jalikka tegishli yerning 4 gektarini fuqaro O.ga 42 ming dollarga sotishga kelishib, shundan 26,2 dollar olib, keyinchalik farzandi S.A. orqali yana 15,8 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq, Toshkent viloyati Qibray tumanida 360 ming, Zangiota tumanida 200 ming dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlangandi.

Mavzuga oid