O‘zbekiston | 20:58 / 15.08.2022
10722
2 daqiqa o‘qiladi

Andijonda tuman poliklinikasiga hamshira sifatida ishga joylab qo‘yishini aytgan shaxs 1 500 dollar bilan ushlandi

​​​​​​​Farg‘onada esa Janubiy Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs avvalroq olgan 5400 dollardan 1000 dollarini qaytargan vaqtida qo‘lga olindi.

Andijonning Jalaquduq va Farg‘onaning Toshloq tumanlarida ishga kiritib qo‘yish va xorijga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.

Departamentning Jalaquduq tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, tuman Tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining sobiq o‘rinbosari X.B. fuqaro Sh.ni tanishlari yordamida ushbu birlashmaga qarashli poliklinikaga hamshira vazifasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 1 500 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Toshloq tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro M.I. fuqaro R.ni tanishlari yordamida Janubiy Koreyaga ishga jo‘natish evaziga olgan 5 400 dollardan 1 000 dollarini qaytargan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid