Qozog‘istonda Hyundai Creta va Accent avtomobillarini yig‘ish to‘xtatildi
Dilerlar Creta yoki Accent avtomobili sotib olish uchun navbatda turganlarga Hyundai kompaniyasining boshqa modeliga navbatga yozilishni taklif qilmoqda.
Hyundai Trans Kazakhstan zavodi Hyundai Creta krossoverlari va Accent sedanlarini yig‘ishni vaqtinchalik to‘xtatdi. Bu haqda kompaniya saytida xabar qilindi.
«Geosiyosiy vaziyat sababli bahorda Rossiyadan butlovchi qismlar kelishi to‘xtagandi. Korxona o‘tgan vaqt davomida zaxira bilan ishladi hamda Hyundai Motor Company bilan butlovchi qismlarni boshqa mamlakatlardan yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Hozirda yetkazib berishni davom ettirish va yangi logistika zanjiri masalasi hal qilinmoqda», — deyiladi kompaniya bayonotida.
Qayd etilishicha, yaqin vaqt ichida butlovchi qismlarning yetib kelishi kutilmayapti.
Dilerlar Creta yoki Accent avtomobili sotib olish uchun navbatda turganlarga Hyundai kompaniyasining boshqa modeliga navbatga yozilishni taklif qilmoqda.
Mavzuga oid
17:04 / 11.12.2024
Qozog‘istonda kuydirgi sababli chorva uchun majburiy karantin joriy etildi
20:20 / 24.11.2024
Hyundai 42 mingdan ortiq avtomobilini chaqirib oladi
08:20 / 07.09.2024
Farg‘onada yo‘l chetida turgan yuk mashinasiga urilgan mikroavtobus pachaqlanib ketdi
18:39 / 15.02.2024