Sport | 08:17 / 22.08.2022
19258
2 daqiqa o‘qiladi

Ukrainalik bokschi Usik super og‘ir vaznda uchta kamarini himoya qildi

Aleksandr Usik revansh jangida sobiq jahon chempioni Entoni Joshuani mag‘lub etdi. Saudiya Arabistonidagi jang 12 raund davom etdi.

Foto: AFP

Boks bo‘yicha jahon chempioni ukrainalik Aleksandr Usik birdaniga uchta xalqaro boks tashkiloti - WBA, WBO va IBF talqiniga ko‘ra super og‘ir vazn toifasida jahon chempioni unvonini himoya qildi. 20 avgust, shanba kuni Saudiya Arabistonida sobiq jahon chempioni britaniyalik Entoni Joshua bilan o‘tkazilgan va 12 raund davom etgan revansh jangi natijasida Usik ochkolar bo‘yicha g‘alaba qozondi.

Endilikda 35 yoshli ukrainalik bokschiga faqat WBC talqini bo‘yicha jahon chempioni kamlik yetmayapti. Bu yerda britaniyalik Tayson Fyuri chempion hisoblanadi, biroq u yaqinda yana bir bor boksdagi faoliyatini yakunlash niyatida ekanligini malum qildi. Endilikda Usik 20 ta g‘alabaga ega bo‘lib, ulardan 13 tasi nokaut bilan tugagan.

Joshua bilan jangdan so‘ng Aleksandr Usik vatanparvarlik ruhida bayonot berib, g‘alabasini Ukrainaga bag‘ishladi. «Men bu jangni Ukrainaga, UQK va o‘z vatanimni himoya qilayotgan barchaga, jamoam va butun mamlakatimga bag‘ishlayman», — dedi u. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Usik g‘alabasining ramziy ma’nosini ta’kidladi. 

«Qiyin, ammo shunday muhim va zarur g‘alaba! Jahon chempionligini himoya qilish - bu kazaklar oilasidan bo‘lgan har bir kishi o‘zinikidan voz kechmasligi, buning uchun kurashishi va albatta g‘alaba qozonishining ramzidir!», deb yozgan Zelenskiy. Twitter’dagi mikroblogida. 

Mavzuga oid