Rossiya Xarkiv oblastini deyarli butunlay tark etdi. Bu RF mudofaa vazirligi xaritasida ko‘rsatilgan
RF mudofaa vazirligi jurnalistlar uchun har kungi brifingda 11 sentabr holatiga ko‘ra Ukrainaning Xarkiv oblastining qaysi qismi Rossiya qo‘shinlari tomonidan namoyish etilayotganini ko‘rsatdi.
Taqdim etilgan xaritada aks etishicha, endi Xarkiv oblasti sharqida Oskol daryosining chap sohilidagi kichik hududgina Rossiya nazoratida qolmoqda. Bunga «Agenstvo» nashri e’tibor qaratgan.
Bir kun oldingi brifingda ko‘rsatilgan xarita bilan taqqoslaganda rossiyalik harbiylar Xarkiv oblasti shimolidagi hududlar, xususan, Rossiya bilan chegaradagi urushning ilk kunlarida egallab olingan Volchansk shahrini ham tashlab ketganini bilish mumkin. Volchanskda allaqachon ukrain bayroqlari hilpiray boshlagan.
11 sentabr kuni ukrain harbiylari Rossiya bilan chegaradagi Kozacha Popan va Varvarivka shaharlarini ham egalladi, shuningdek, RF armiyasining Xarkiv oblastidagi so‘nggi logistik tuguni bo‘lgan Velikiy Burlukni ozod etdi.
UNIAN nashri xabar berishicha, Ukraina qurolli kuchlari Xarkiv oblasti shimolida, Ukraina-Rossiya chegarasidagi Goptovka nazorat-o‘tkazish punktini egallagan. Ukraina hududiy mudofaa kuchlarining 130-bataloni jangchilari chegara punktida olingan videoni namoyish etgan.
«11 sentabr kuni Goptovka Ukraina qurolli kuchlari nazoratiga o‘tdi», — degan videoda ukrain harbiylaridan biri.
Sentyabr oyi boshida ukrain armiyasi Xarkiv oblastida qarshi hujumga o‘tdi, shundan keyin Rossiya qo‘shinlari chekina boshladi. RF mudofaa vazirligi bu chekinishni izohlay turib, «qo‘shinlarni ko‘chirish va qayta yo‘naltirish bo‘yicha amaliyot o‘tkazilayotgani»ni ma’lum qildi. 11 sentabr kuni Xarkiv oblasti ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubov ukrain harbiylari hududda 40 dan ortiq aholi punktlarini ozod etganini ma’lum qildi.
- 11 sentabr kuni Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy ukrain armiyasi sentabr boshidan buyon uch ming kvadrat kilometrdan oshiq hududni Ukraina nazoratiga qaytarganini ma’lum qildi. Amerikadagi Urushlarni tadqiq etish institutiga (ISW) ko‘ra, bu Rossiya armiyasi aprel oyi boshidan buyon egallagan hududlardan ko‘proq.
Mavzuga oid
20:22
Frontdagi vaziyat: Rossiya va KXDR qo‘shinlari Kursk oblastida yurishning yangi to‘lqinini amalga oshirmoqda
21:42 / 23.12.2024
WP: Ukraina hukumati urush 2025 yilda tugashiga ishonmoqda
22:14 / 21.12.2024
Ukrainada askarlar yetishmayotgani sabab havo hujumidan mudofaa harbiylarini yuborish buyurildi
20:38 / 21.12.2024