Samarqandda axborot xavfsizligi sohasidagi tahdidlarni bartaraf qilishga kelishildi
ShHT doirasida axborot xavfsizligi borasidagi qarashlar bir xil va Samarqand sammitida vaziyatni bartaraf qilishga kelishildi. Bu kabi hujumlar Shanhay hududidagi barcha davlatlarga uyushtirilyapti va bundan keyin ham ko‘payishi mumkin, deydi siyosatshunos Sayfiddin Jo‘rayev.
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori, siyosatshunos olim Sayfiddin Jo‘rayev ShHT Samarqand sammiti davomida axborot xavfsizligi masalasiga qanday e’tibor qilingani borasida ma’lumot berdi.
«O‘zbekiston ShHTga raislik qilgan paytlarda xavfsizlik masalasi ham asosiy planda turadi. Bir jihatga e’tibor beradigan bo‘lsak, bugungi kunda fan, texnika va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish kuchayib bormoqda. Shunga ko‘ra bu ham iqtisodiyotda, ham fanda, ham odamlarning hayotida axborot texnologiyalaridan foydalanyapti. Shuning bilan bir qatorda boshqa bir davlatlarga hujum qilish, boshqa bir davlatlarning axborot infrastrukturasini ishdan chiqarish yoki axborot texnologiyalaridan foydalangan holda mafkuraviy urush olib borilyapti. Bugungi kunda axborot xavfsizligini ta’minlash shuning uchun muhim. Biz buni kiber xavfsizlik bo‘yicha tahlil qiladigan bo‘lsak, terroristlar ham shundan foydalanishga harakat qilishyapti. Deylik zamonaviy signallar yuborish orqali terraktlarni amalga oshirib boryapti. Hozirgi kunda o‘sha mamlakatning xavfsizlik xizmatlarida ham shu texnologiyalardan foydalanilgani uchun bu vositalardan foydalanish kuchayib boryapti.
Ba’zilar hozir terroristlar ko‘rinmay qolganini aytishmoqda. Lekin aslida bunday emas. Ular yashirin holda ishlashga o‘tishgan. Ya’ni zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda buni amalga oshirishga harakat qilishyapti. ShHT doirasida ham bu vaziyatni bartaraf qilishga kelishish va qarashlar ham bir xilda ekan. Faqatgina bitta davlatga emas, balki Shanhay hududidagi barcha davlatlarga shu kabi hujumlar uyushtirilyapti. Bundan keyin ham ko‘payishi mumkin. Shuning uchun ham bu yerda shu yo‘nalish bo‘yicha ishlab chiqarilgan kelishuvlar imzolandi. Bundan keyin ham bu jarayonga e’tibor kuchayib boradi”, - deydi Sayfiddin Jo‘rayev.
Mavzuga oid
09:09 / 20.12.2024
Samarqandda 19 yoshli ayol 16 yoshli qizni kaltakladi
19:07 / 18.12.2024
Samarqandda avtobus piyodani urib yubordi
07:24 / 17.12.2024
Jizzax va Samarqand viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
19:08 / 16.12.2024