O‘zbekiston hududlari bo‘yicha AKT rivojlanishi reytingi tuzildi
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) mutaxassislari O‘zbekiston hududlari bo‘yicha axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) rivojlanishi reytingini tuzdi.
PMTI mutaxassislari O‘zbekiston hududlarida AKT rivojlanganlik holatini baholash maqsadida ITU metodologiyasiga muvofiq AKT rivojlanish indeksi asosida O‘zbekiston mintaqalari reytingini tuzdi. Hisoblash uchun asos sifatida AKT rivojlanish indeksi (IDI) tanlandi. IDI 3 guruhga ajratilgan (AKTga ulanish imkoniyati, AKTdan foydalanish darajasi va AKTdan foydalanish uchun ko‘nikmalar) 11 ko‘rsatkichni jamlagan holda hisoblanadi. Indeks 2015-2021 yillar uchun hisoblangan.
Asosiy natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston bo‘yicha indeks o‘rtacha qiymati 2015 yildagi 6,04 dan 2021 yilda 6,96 ga ko‘tarildi. 2021 yilda kuchli uchlikka Toshkent shahri (indeks qiymati 9,28), Navoiy (7,41) va Buxoro (7,06) viloyatlari kirdi. O‘rganish davrida indeks eng katta o‘sishi Xorazm (+1,20), Qashqadaryo (+1,18), Namangan (+1,15) viloyatlari va Qoraqalpog‘istonda (+1,12) qayd etildi.
O‘rganilayotgan davrda O‘zbekiston barcha hududlarida (Toshkent shahridan tashqari) indeks mutlaq ko‘rsatkichi o‘sishi kuzatilgan. Toshkent shahri indeksi pasayishi boshqa hududlarga nisbatan dastlabki davrdagi yuqori ko‘rsatkichlar bilan izohlanishi mumkin. Shunga qaramay, Toshkent shahri 2021 yilda ham reyting bo‘yicha sezilarli ustunlikni saqlab qoldi.
Mavzuga oid
17:38 / 23.12.2024
O‘zbekiston jinoiy daromadlarni legallashtirish reytingida 81-o‘rinni egalladi
08:15 / 14.12.2024
Toshkent 200-o‘rinda: xorijlik mutaxassislar uchun 2024 yildagi eng yaxshi shaharlar reytingi e’lon qilindi
17:36 / 10.12.2024
XMT Markaziy Osiyodagi ishsizlik darajasi bo‘yicha ma’lumot berdi
01:51 / 10.12.2024