Navoiyda bank xodimlari bankomatdagi pulni o‘zlashtirib yubordi
ATB “Turonbank”ning Navbahor bank oxizmatlari ofisi mas’ul xodimlari bankomat uchun ajratilgan 336 mln so‘mni talon-toroj qilishgan.
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining xabar berishicha, ATB “Turonbank” Navoiy filialining murojaatiga asosan departamentning viloyat boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruv jarayonida bankning Navbahor bank xizmatlari ofisi mas’ul xodimlari bankomatga kirim qilish uchun ajratilgan 336 mln so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan. Shuningdek, ular ushbu bankomatdan 98,8 mln so‘mni yechib olib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Ta’kidlanishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
18:18 / 03.01.2025
Navoiyda “arizachi” Bosh prokuratura departamenti xodimlarini chuv tushirib, tezkor tadbirdagi pulni olib qochdi
16:07 / 03.12.2024
Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
19:25 / 02.12.2024
Navoiyda pora olgan IIB xodimi ozodlikdan mahrum qilindi
12:16 / 01.11.2024