Zelenskiy Rossiyaga ogohlantiruvchi zarbalar berish haqidagi so‘zlarini tushuntirdi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaga ogohlantiruvchi zarbalar berish haqida gapirganida yadro qurolidan foydalanishni nazarda tutmaganini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, gap yadro urushining oldini olishi kerak bo‘lgan G‘arbning yangi sanksiyalari haqida ketayotgan edi.
«Dunyo bu holatda sanksiya paketini taqdim qilishi va ularning (Zaporijjya) atom elektr stansiyasini tark etishi uchun barcha choralarni ko‘rishi mumkin», deb Zelenskiy so‘zlarini keltirdi TASS.
Shuningdek, u Rossiyaga qarshi ogohlantiruvchi zarbalar berish haqidagi so‘zlari noto‘g‘ri tushunilganini va Moskva bu so‘zlardan «o‘ziga qulay tarzda foydalanib, boshqa yo‘nalishlarga burib yuborganini» aytdi.
Avvalroq, Zelenskiy NATO Rossiya Federatsiyasiga qarshi «ogohlantiruvchi» zarbalar berishi, «Rossiyaning yadroviy zarbalarini kutmasligi» kerakligi haqida gapirgan edi.
«NATO nima qilishi kerak? Rossiya tomonidan yadro qurolidan foydalanish ehtimolini yo‘q qilishi kerak.... Ular (yadro qurolidan) foydalansa, nima kutayotganini bilishi uchun ogohlantiruvchi zarbalar (berish kerak). Aksincha emas. Rossiyaning yadro zarbasini berishini kutib, so‘ngra: «Voy, shunaqa qildingmi, mana senga bizdan!» demaslik uchun. Bosim o‘tkazish usulini qayta ko‘rib chiqish lozim. NATO shunday qilishi kerak: foydalanish tartibini qayta ko‘rib chiqishi lozim», degan edi Zelenskiy Avstraliyaning Loui institutida videoaloqa orqali qilgan ma’ruzasida.
Mavzuga oid
22:34 / 24.12.2024
Rossiya–Ukraina urushi tugaydimi? Putin nimani xohlaydi?
20:22 / 24.12.2024
Frontdagi vaziyat: Rossiya va KXDR qo‘shinlari Kursk oblastida yurishning yangi to‘lqinini amalga oshirmoqda
21:42 / 23.12.2024
WP: Ukraina hukumati urush 2025 yilda tugashiga ishonmoqda
22:14 / 21.12.2024