Nodirbek Saydullayev Markaziy bank raisi birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi
U bungacha «Asaka» bank raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Nodirbek Narzullayevich Saydullayev Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Nodirbek Saydullayev 1982 yil Jizzax viloyatida tug‘ilgan. 2003 yilda Toshkent Moliya institutining bakalavr, 2005 yilda shu institutda magistr darajasini olgan.
U 19 yildan buyon bank ishida faoliyat ko‘rsatib keladi. Xususan, 2017-2019 yillarda «O‘zmilliybank» boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan.
Mazkur tayinlovga qadar Nodirbek Saydullayev 2019 yil fevralidan buyon «Asaka» aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Telegramdagi davletovuz kanali muallifi Nodirbek Saydullayev yosh kadrlardan ekaniga e’tibor qaratib, bank tizimida samarali ishlab kelganini qayd etgan va yangi lavozimida ham O‘zbekiston bank tizimida o‘zgarishlar olib kelishiga umid bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank raisining avvalgi birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Botir Zohidov Shayxontohur tumani hokimi lavozimiga o‘tkazilgandi.
Mavzuga oid
12:40 / 19.12.2024
Jizzax viloyatiga yangi hokim tayinlandi
19:16 / 12.12.2024
“Eski namunadagi 100 dollarlik kupyuralarni ayirboshlashda cheklovlar yo‘q” – Markaziy bank
13:16 / 12.12.2024
Markaziy bank asosiy stavkani 13,5 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
17:52 / 11.12.2024