O‘zbekiston | 19:02 / 27.10.2022
12530
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda davlat muassasasi rahbari qariyb 100 million so‘mlik xizmat mashinasini «suvtekin»ga sotib yuborgani aniqlandi

Angor tumani aholi bandligiga ko‘maklashish markazi sobiq direktori 98,2 million so‘mlik xizmat mashinasini 15,5 mln so‘mga sotib yuborgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.

Foto: Prokuratura departamenti

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Angor tumani bo‘limi tomonidan tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Tekshiruvda, markazning sobiq direktori A.Yu. markazga tegishli Lacetti-2ni’ 2021 yil 13 dekabrda auksion orqali sotish haqida yig‘ilish bayonnomasini tayyorlab, aslida 98,2 million so‘mlik mashinani “S.S.” MChJ tomonidan o‘tkazilgan auksion orqali fuqaro J.Y.ga 15,5 mln so‘mga sotilgani to‘g‘risida hujjatlarni rasmiylashtirib, o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid