O‘zbekiston | 07:33 / 08.11.2022
4395
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston shaftolini asosan Rossiya bozoriga yetkazib bermoqda

Shaftoli eksporti 21,3 ming tonnaga oshgan.

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston 2022 yilning yanvar-sentabr oylarida xorijga qiymati 68,1 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 76,7 ming tonna shaftoli eksport qilgan. 

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, shaftoli eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 21,3 ming tonnaga oshgan.

2022 yilning 9 oyida O‘zbekiston eng ko‘p shaftoli eksport qilgan davlatlar orasida Rossiya birinchi o‘rinni egallab turibdi – 64,6 ming tonna.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Qirg‘iziston – 6,4 ming tonna;
  • Qozog‘iston – 4,8 ming tonna;
  • Turkmaniston – 471 tonna;
  • Belarus – 261 tonna.

2022 yilning 9 oyida xorijga eng ko‘p shaftoli eksport qilgan hududlar:

  • Farg‘ona viloyati – 43,6 ming tonna;
  • Samarqand viloyati – 6,3 ming tonna;
  • Toshkent viloyati – 6,1 ming tonna;
  • Xorazm viloyati – 5,7 ming tonna.

Mavzuga oid