O‘zbekiston | 09:57 / 16.11.2022
7199
1 daqiqa o‘qiladi

Andijon oktabr oyida tug‘ilgan egizaklar soni bo‘yicha yetakchi bo‘ldi 

O‘zbekistonda oktabr oyida 1 942 nafar egizaklar tug‘ilgan.

2022 yilning oktabr oyida respublikada 1 942 nafar egizak tug‘ilish holati qayd etilgan. 
 
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, oktabr oyida hududlar bo‘yicha tug‘ilgan egizaklar soni bo‘yicha Andijon viloyati yetakchilik qilyapti – 228 nafar.

Keyingi o‘rinlardan mos ravishda 214 nafar hamda 210 nafar egizaklar dunyoga kelgan Samarqand viloyati va Farg‘ona viloyati joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:

  • Qashqadaryo viloyati – 208 nafar; 
  • Namangan viloyati – 177 nafar; 
  • Surxondaryo viloyati – 165 nafar; 
  • Toshkent viloyati – 143 nafar; 
  • Buxoro viloyati – 122 nafar; 
  • Toshkent shahri – 110 nafar; 
  • Qoraqalpog‘iston R. – 98 nafar; 
  • Xorazm viloyati – 87 nafar; 
  • Jizzax viloyati – 66 nafar; 
  • Navoiy viloyati – 59 nafar; 
  • Sirdaryo viloyati – 55 nafar.

Mavzuga oid