O‘zbekiston | 09:33 / 29.11.2022
6869
2 daqiqa o‘qiladi

Qaysi hudud sabzavotlar yetishtirishda yetakchi ekani ma’lum qilindi

Qaysi hudud sabzavotlar yetishtirishda yetakchi ekani to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Foto: Getty Images

2022 yil yanvar-sentabr oylarida respublikada 8,0 mln tonna sabzavotlar yetishtirilgan.

Davlat statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, sabzavotlar yetishtirish hajmi 2021 yilning mos davriga nisbatan 2,8 foizga oshgan. 

Hududlar kesimida yetishtirilgan sabzavotlar hajmi bo‘yicha Andijon viloyati birinchi o‘rinni egallab turibdi – 1,3 mln tonna.

Undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 1,2 mln tonna hamda 876 ming tonna sabzavotlar yetishtirilgan Samarqand viloyati va Surxondaryo viloyati joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi:

  • Farg‘ona viloyati – 819 ming tonna; 
  • Toshkent viloyati – 800 ming tonna; 
  • Buxoro viloyati – 674 ming tonna; 
  • Namangan viloyati – 613 ming tonna;  
  • Xorazm viloyati – 404 ming tonna;
  • Qashqadaryo viloyati – 403 ming tonna; 
  • Jizzax viloyati – 308 ming tonna;
  • Sirdaryo viloyati – 215 ming tonna;  
  • Navoiy viloyati – 214 ming tonna;
  • Qoraqalpog‘iston R. – 201 ming tonna.

Mavzuga oid