O‘zbekiston | 16:56 / 05.12.2022
11528
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda ikki mastning janjali ulardan birining o‘limi bilan yakun topdi

Ikki mast janjallashib, biri ikkinchisiga tan jarohati yetkazgan. Oqibatda jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: AP

Ma’lum qilinishicha, 2022 yil 29 noyabr kuni soat tungi 1:30 larda Nurobod tumanida “Navro‘z” MFYdagi kafe yonida oldindan o‘zaro tanish bo‘lgan ikki fuqaro mast holatda o‘zaro tortishib qolgan. So‘ng ulardan biri ikkinchisini urib, unga tan jarohati yetkazgan

O‘sha kuni holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib,  gumonlanuvchi JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

2022 yil 30 noyabr shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay, jabrlanuvchi vafot etgan. Shundan so‘ng, jinoyat ishi 104-modda 3-qismi bilan qayta malakalangan. 

Qayd etilishicha, ayni damda viloyat IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid