XKS rossiyalik kosmonavtlarning ochiq fazoga chiqishini bekor qildi
NASA XKSga tutashtirilgan «Soyuz MS-22» kemasidan modda sizib chiqqani haqida xabar berdi. Stansiya ekipaji xavf ostida emas, dedi Amerika agentligi.
AQShning NASA kosmik agentligi rossiyalik kosmonavtlar Sergey Prokopev va Dmitriy Petelinning Xalqaro kosmik stansiyaga (XKS) tutashtirilgan kosmik kemadan modda sizib chiqishi sababli ochiq fazoga rejalashtirilgan chiqishini bekor qildi. NASA 15 dekabr, payshanbaga o‘tar kechasi kosmonavtlar fazoga yetti soatlik chiqishga tayyorgarlik ko‘rish uchun o‘z skafandrlarini kiyib, shlyuzni (bir joydan ikkinchi joyga o‘tkazish uchun xizmat qiluvchi inshoot) bo‘shatganda, videotranslatsiya paytida aniqlandi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, yerusti xizmatlari XKSdagi «Rassvet» moduliga tutashtirilgan «Soyuz MS-22» kosmik kemasidan «noma’lum moddaning sezilarli darajada sizib chiqishi»ni payqagan. Stansiya ekipaji xavf ostida emas, deya ma’lum qildi NASA.
«Roskosmos» matbuot xizmati rossiyalik kosmonavtlarning XKSdan ochiq fazoga chiqishi «texnik sabablarga ko‘ra» bekor qilinganini ma’lum qildi. Missiyani boshqarish markazi (MBM) xabar berishicha, kirish va chiqish joylari zich holatda, stansiyada ham hamma narsa tartibda.
«VKD-56 dasturining bajarilishi texnik sabablarga ko‘ra to‘xtatildi. Chiqish lyukini ochish tartibidan oldin, ekipaj hisobotiga ko‘ra, «Soyuz MS-22» kosmik apparati diagnostika tizimlaridan birining signalizatsiya qurilmasi faollashtirilgani haqida ma’lumot olingan», — deya xabar qildi keyinroq «Roskosmos» matbuot xizmati. Davlat korporatsiyasi yuzaga kelgan texnik muammolarni tahlil qilish uchun komissiya tuzilganini e’lon qildi.
Prokopev va Petelin ishlarni bajarish uchun ochiq fazoga chiqishlari kerak edi, uning davomida birinchi marta Yevropa ERA manipulyatoridan foydalanish rejalashtirilgan. Bu Rossiya dasturi bo‘yicha ochiq fazodagi ishlarni ketma-ket ikkinchi marta bekor qilinishidir. 25 noyabr kuni xuddi shu kosmonavtlar skafandrlardan birining sovitish tizimidagi nasoslarning g‘ayritabiiy ishlashi tufayli rejalashtirilgan faoliyatini amalga oshira olmadi.
Mavzuga oid
15:40 / 18.12.2024
NASA astronavti XKSdan turib galaktikaning noyob suratini oldi
22:00 / 13.12.2024
NASA yangi sun’iy yo‘ldoshi okean tubining eng batafsil xaritasini yaratdi
13:48 / 02.12.2024
Uranda baliq bormi? Olimlar olis sayyorada hayot bo‘lishi mumkinligini aytmoqda
22:21 / 20.11.2024