Samarqandda fuqaroning «montaj» qilingan fotosuratlarini tarqatishini aytib, 6,5 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
U fuqaroning fotosuratlarini «montaj qilib uyatli ko‘rinishga keltirgan va ularni boshqa turli ijtimoiy tarmoqlarda tarqatmaslik evaziga pul, telefon va tilla taqinchoq talab qilgan.
Samarqand shahrida yashovchi fuqaro IIBga ariza bilan murojaat qilib, o‘ziga nisbatan tovlamachilik qilayotgan shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.
Noma’lum shaxs fuqaroning ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan fotosuratlarini maxsus dasturlardan foydalanib «montaj» qilgan. So‘ng uyatli ko‘rinishga keltirilgan fotosuratlarni boshqa ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yubormaslik evaziga undan 6,5 ming dollar, "Apple iPhone 13 Pro" telefoni va erkaklar tilla zanjiri talab qilgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, tovlamachilik yo‘li bilan pullarni o‘zlashtirmoqchi bo‘lgan shaxs Samarqand shahrida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan T.U. ekani aniqlangan.
T.U. ariza muallifidan talab qilingan pullar, "Apple iPhone 13 Pro" va tilla taqinchoqni olish vaqtida ashyoviy dalilar bilan qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, T.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:09 / 20.12.2024
Samarqandda 19 yoshli ayol 16 yoshli qizni kaltakladi
19:07 / 18.12.2024
Samarqandda avtobus piyodani urib yubordi
07:24 / 17.12.2024
Jizzax va Samarqand viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
19:08 / 16.12.2024