O‘zbekiston | 09:45 / 26.12.2022
5187
2 daqiqa o‘qiladi

Eng ko‘p qurilish ishlari bajarilgan hudud ma’lum qilindi

Qaysi hududda eng ko‘p qurilish ishlari bajarilgani to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Foto: Kun.uz

2022 yilning yanvar-noyabr oylarida respublika bo‘yicha 115,1 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bajarilgan qurilish ishlari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 5,7 foizga oshgan.  

Hududlar kesimida bajarilgan qurilish ishlari hajmida Toshkent shahri birinchi o‘rinni egalladi – 28,2 trln so‘m.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Toshkent viloyati – 10,4 trln so‘m;  
  • Samarqand viloyati – 7,7 trln so‘m;  
  • Farg‘ona viloyati – 7,4 trln so‘m; 
  • Buxoro viloyati – 7,3 trln so‘m;
  • Qashqadaryo viloyati – 6,8 trln so‘m;
  • Andijon viloyati – 6 trln so‘m;
  • Namangan viloyati – 6 trln so‘m; 
  • Surxondaryo viloyati – 5,8 trln so‘m;  
  • Navoiy viloyati – 5,5 trln so‘m;
  • Qoraqalpog‘iston R. – 4,7 trln so‘m;
  • Xorazm viloyati – 4,2 trln so‘m;
  • Jizzax viloyati – 3,1 trln. so‘m; 
  • Sirdaryo viloyati – 2,6 trln so‘m.  

Mavzuga oid