Jahon | 22:44 / 30.12.2022
38082
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning eng yaxshi 100 ta milliy taomi e’lon qilindi 

Birinchi o‘rinda yapon milliy taomi turadi, lekin sushi emas. Ro‘yxatda o‘zbek taomlari yo‘q. 

TasteAtlas pazandalik nashri 2022 yil yakunlarini sarhisob qilib, dunyoning eng yaxshi 100 ta milliy taomi reytingini taqdim etdi. U foydalanuvchilarning o‘rtacha baholari asosida tuzilgan. 

Birinchi o‘rinni Yaponiyaning «Kare» taomi egalladi. U go‘sht va sabzavotli quyuq achchiq sous, odatda guruch bilan tortiladi. 

Foto: tasteatlas.com

Ikkinchi o‘rinni Braziliyaning «Pikanya» steyki egalladi. Yog‘ qatlamiga ega go‘shtdan pishirilgan steyk. 

Foto: tasteatlas.com

Uchinchi o‘rinda Portugaliyaning «Ameyjoa va Bulyau Pato» taomi bo‘lib, Yog‘da dimlangan chanoqli mollyuskalardan iborat.

Foto: tasteatlas.com

Yuqori o‘ntalikda Xitoyning «Tangbao» va «Guotiye», Tailandning «Panang kori», Peruning «Seviche miksto» va «Pollo a la brasa», Eronning «Qovurma sabzi», Turkiyaning «Chog‘» kabobi bor. 

TasteAtlas reytingidagi 100 ta taom ichida eng ko‘pi Italiya oshxonasiga tegishli – 15 ta taom. Ikkinchi o‘rinda Yaponiya – 12 ta taom, uchinchi o‘rinda Turkiya – 11 ta taom. 

O‘zbek taomlari reytingda qayd etilmagan. 

Mavzuga oid