Jahon | 08:16 / 05.01.2023
9344
1 daqiqa o‘qiladi

AQShning Ukrainaga yangi yordami HIMARS tizimlarini o‘z ichiga olishi mumkin

Amerika Qo‘shma Shtatlari yaqin kunlar va haftalarda Kiyevga yangi harbiy yordam ko‘rsatish niyatida, deb ma’lum qildi Oq uy matbuot kotibi Jon Kirbi. 

Foto: Getty Images

Keyingi paketlar HIMARS yalpi o‘t ochish reaktiv tizimlarining (YaO‘RT) qo‘shimcha qurilmalarini o‘z ichiga olishi mumkin, deb ma’lumot berdi u onlayn brifingda.

Bundan oldin AQSh prezidenti Jo Bayden Ukrainaga 45 milliard dollar miqdorida yordam ajratishni nazarda tutuvchi davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunni imzolagandi. 

AQSh budjetida Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilgan 45 milliard dollarning 9 milliard dollari harbiy yordamga yo‘naltirilishi kerak. Yana 16 milliardi ruslar hujumiga uchragan mamlakatga iqtisodiy va gumanitar yordamni moliyalashtiradi.

12 milliard dollar AQSh armiyasi zaxiralarini Ukrainaga bir qismdagi o‘q-dorilar bilan berilganidan so‘ng ular o‘rnini to‘ldirish xarajatlarini qoplashi kerak. Vashington Yevropadagi AQSh qo‘shinlariga qo‘shimcha xarajatlar uchun yana 7 milliard dollar ajratadi.

Mavzuga oid