Chimyonda Rossiya fuqarosi qor ko‘chkisi oqibatida halok bo‘ldi
Bo‘stonliq tumani Chimyon tog‘oldi hududida Rossiya fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qilmoqda.
2023 yil 4 yanvar kuni soat 13:20 larda Bo‘stonliq tumani Chimyon tog‘ yonbag‘irlariga dam olish va chang‘i uchish maqsadida chiqqan 61 yoshli Rossiya fuqarosi qor ko‘chkisi xavfi to‘g‘risidagi ogohlantirishlarga qaramay, taqiqlangan hududda chang‘i uchib, qor ko‘chkisi xavfini yuzaga keltirgan va qor uyumlari ostida qolib halok bo‘lgan.
Toshkent viloyati FVB Bo‘stonliq tumani Ixtisoslashgan ko‘p tarmoqli boshqarmasi Chimyon qutqaruv otryadi qutqaruvchilari hodisa joyiga yetib borgan. Olib borilgan qidiruv ishlari davomida chang‘i uchuvchisining jasadi qor uyumlari ostidan chiqarib olingan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi barcha dam oluvchilardan texnik xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni, taqiqlangan hududlarda chang‘i uchmaslikni va ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘ragan.
Mavzuga oid
22:08 / 06.12.2024
Prezident Chimyonda kapsula uylardan iborat dam olish maskanini ko‘zdan kechirdi
07:40 / 06.11.2024
Qamchiq dovonida ko‘chki sodir bo‘ldi
12:04 / 13.08.2024
Chimyondagi tog‘da tobi qochib qolgan yigitga yordam ko‘rsatildi
09:40 / 05.08.2024