Andijonda ayiq ishchini qanday o‘ldirgani videosi e’lon qilindi
Tasvirda hayvonot bog‘i xodimi xavfsizlik talablariga rioya qilmaganini ko‘rish mumkin.
Holat 3 yanvar kuni soat 16:00larda sodir bo‘lgan. Hayvonot bog‘i ishchisi A.G. ovqat berish maqsadida ayiq qafasiga kirgan vaqtida, ayiq unga tashlanib, bo‘yin qismidan tishlab olgan. Buning oqibatida ishchi og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.
Bog‘ ma’muriyatining qayd etishicha, xodim 2021 yildan buyon ayiqlarni parvarish qilib kelgan. U ehtiyotsizlik oqibatida ayiq qurboniga aylangan.
Mazkur holat yuzasidan bog‘ egasi hisoblangan “Usmonobod Fayzi” MChJga Xo‘jaobod tumani IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Andijondagi hayvonot bog‘ida bunday holat avval ham kuzatilgan. 2018 yil 30 dekabr kuni qorovul qafasda saqlanayotgan «Simba» laqabli sherga yemish berayotgan chog‘ida hayvon uning oyog‘idan tishlab, tan jarohati yetkazgan. Oqibatda H.A. vafot etgan.
Abduvali Qurbonov, jurnalist
Montaj ustasi: Jahongir Turg‘unov
Mavzuga oid
16:13 / 20.12.2024
Yigirmaga yaqin bolani 1,5 ming km masofaga tashiyotgan uchta Damas ushlandi
16:54 / 19.12.2024
Andijonda Suriyadagi terrorchi guruhlarga pul yuborgan fuqaro 10 yildan ortiq muddatga qamaldi
15:16 / 18.12.2024
Andijonda er-xotin is gazidan zaharlanib, vafot etdi
10:49 / 15.12.2024