O‘zbekiston | 11:27 / 07.01.2023
16547
2 daqiqa o‘qiladi

Kollej va texnikumlarda to‘lov-kontrakt miqdorlari o‘zgarishsiz qoldi

Davlat komissiyasining tegishli qaroriga binoan, kollejlar va texnikumlarda 2022/2023 o‘quv yili uchun barcha bosqichdagi o‘quvchilarning to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati miqdorlari mos ravishda 2021/2022 o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda saqlanib qoldi.

Ayrim yo‘nalishlarda o‘qitish muddatlari bir yildan kam yoki ko‘p bo‘lganda belgilangan miqdorlar 12 oyga bo‘linadi va mos ravishda o‘quv muddatiga ko‘paytirish orqali to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lov-kontrakt miqdori aniqlanadi.

Ma’lumot o‘rnida, sog‘liqni saqlash, pedagogika, biznes va boshqaruv, san’at, ijtimoiy ta’minot, xizmat ko‘rsatish, jurnalistika va ijtimoiy axborot ta’lim yo‘nalishlari uchun to‘lov-kontrakt miqdori 4 685 400 (to‘rt million olti yuz sakson besh ming) so‘m etib belgilangan.

Tabiiy fanlar, transport, muhandislik ishi, aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari, kompyuter texnologiyalari va informatika, gumanitar fanlar uchun 4 521 000 (to‘rt million besh yuz yigirma bir ming) so‘mni tashkil etadi.

Qishloq xo‘jaligi irrigatsiya va melioratsiyasi, qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi, ishlab chiqarish va qayta ishlash tarmoqlari, arxitektura va qurilish, hayotiy faoliyat xavfsizligi, qishloq xo‘jalik texnikasi, veterinariya, atrof-muhit muhofazasi ta’lim yo‘nalishlari uchun 4 356 600 (to‘rt million uch yuz ellik olti ming olti yuz) so‘m etib belgilangan.   

Mavzuga oid