Iqtisodiyot | 11:53 / 10.01.2023
2655
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston o‘tgan yili Xitoydan eng ko‘p avtomobil sotib olgan

2022 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston 33 ta xorijiy davlatdan yengil avtomobillar import qilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 11 oyda O‘zbekiston yengil avtomobillarni eng ko‘p import qilgan davlatlar orasida Xitoy birinchi o‘rinni egalladi – 10 ming 71 ta.

Undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 8 ming 531 ta hamda 6 ming 395 ta yengil avtomobillar import qilingan Janubiy Koreya va Qozog‘iston joy oldi.

Ushbu ro‘yxatda, shuningdek, Rossiya (1 ming 499 ta), AQSh (491 ta), Yaponiya (151 ta), BAA (127 ta), Germaniya (122 ta) ham qayd etilgan.

Mavzuga oid