2050 yilga borib Amudaryo va Sirdaryo suvi kamayishi mumkin – Eldor Aripov
Bu davrga borib Amudaryoda suv oqimi 15 foizga, Sirdaryoda 5 foizga qisqarishi mumkin. Oqibatda qishloq xo‘jaligi hosildorligi 30 foizga tushishi mumkin.
2050 yilga borib Markaziy Osiyo mamlakatlari oziq-ovqat xavfsizligi muammosiga duch kelishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov ekspertlar yig‘ilishida ma’lum qildi.
«Mutaxassislarning fikricha, havo haroratining oshish sur’ati har yili o‘sib boradi. Bu nimaga olib kelishi mumkin? Hozir biz Qirg‘iziston va Tojikistonda yerlarning cho‘llanishi, muzliklarning qisqarishi muammosini ko‘rib turibmiz. Bu muzliklar mintaqaga zarur bo‘lgan suvning asosiy manbai», deb Eldor Aripov so‘zlarini keltirmoqda Kazinform.
Uning qo‘shimcha qilishicha, 2050 yilga borib Amudaryo va Sirdaryo suvi kamayishi mumkin.
«Amudaryoda suv oqimi 15 foizga, Sirdaryoda 5 foizga qisqarishi mumkin. Bu qishloq xo‘jaligida hosildorlikning pasayishiga olib keladi. Xuddi shu hisob-kitoblarga ko‘ra, 2050 yilga borib qishloq xo‘jaligi hosildorligi 30 foizga tushishi mumkin. Bu oziq-ovqat xavfsizligi muammosini keltirib chiqarishi mumkin. Ya’ni, ekologiya, iqlim o‘zgarishi, suv iste’moli bilan bog‘liq qator muammolar hal etishimizni talab qiladigan dolzarb masala», deb qo‘shimcha qildi Eldor Aripov.
Mavzuga oid
16:38 / 06.12.2024
Markaziy Osiyo mamlakatlari vegetatsiya mavsumi uchun suvni taqsimlab oldi
15:57 / 26.11.2024
Kuvayt Sirdaryoda ko‘p qavatli uylar qurishi mumkin
16:33 / 25.11.2024
O‘zbek ayollarini haqoratlagan turkiyalik stendapchi: unga qarshi Istanbul prokuraturasiga ariza topshirilgan
18:18 / 12.11.2024