O‘zbekiston Rossiya yog‘ochining asosiy xaridorlaridan biri ekani aytildi
Rossiyadan yog‘och mahsulotlarini eng ko‘p sotib olgan mamlakatlar ichida O‘zbekiston ikkinchi o‘rinda bormoqda.
2022 yilda Rossiyadan yog‘och mahsulotlari (taxta, to‘sin, shpon, fankryaj) eksporti 20,8 foizga kamaydi va 23,3 million kub metrni tashkil etdi. Bu haqda «Roslesinforg» tashkilotiga taynib Interfax xabar berdi.
Ta’minotning yarmidan ko‘pi Xitoyga to‘g‘ri keladi. Bu mamlakatga 13 mln kub.m. yog‘och jo‘natilgan. Bu 2021 yilga nisbatan 7 foiz kam.
2022 yilda Rossiyadan yog‘och mahsulotlarini sotib olish bo‘yicha ikkinchi o‘rinni O‘zbekiston egallab turibdi. U Rossiyadan 1,9 mln kub.m. yog‘och import qilgan. Bu 2021 yil darajasiga to‘g‘ri keladi.
Rossiyadan yog‘och mahsulotlarini eng ko‘p sotib olgan mamlakatlar ichida Qozog‘iston (0,762 mln kub.m.), BAA (0,344 mln kub.m.), Iroq (0,174 mln kub.m.), Iordaniya (0,174 mln kub.m.) va Eron (0,379 mln kub.m.) bor.
Umuman olganda, 2022 yilda Rossiya 89 mamlakatga yog‘och mahsulotlari yetkazib bergan. Xaridorlarni birinchi navbatda qarag‘ay, archa va tilog‘ochdan olingan taxta va to‘sinlar qiziqtirgan, ammo qattiq yog‘ochdan kesilgan mahsulotlarga bo‘lgan qiziqish ham ortib borayotgani ta’kidlanadi.
Mavzuga oid
11:08 / 10.12.2024
2015 yildan beri Suriyada 540 nafardan ortiq Rossiya harbiysi halok bo‘ldi
21:19 / 09.12.2024
Ukraina rasmiylari Telegram ilovasidan foydalanishni kamaytirdi – OAV
18:06 / 09.12.2024
«Men va Putin» - Turkiya prezidenti dunyoda faqat ikki yetakchi qolganini aytdi
16:51 / 09.12.2024