Buxoro viloyatida 6 kun ichida 1,7 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
Ushbu hajmdagi elektr energiyasi o‘rtacha 18 mingta xonadonning bir oylik iste’molini tashkil qiladi.
Joriy yilning 9-14-fevral kunlarida Energetika vazirligi huzuridagi «O‘zenergoinspeksiya» va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda Buxoro viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 66 ta holatda 3,6 mln kVt⋅soat miqdoridagi elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.
Keltirilgan zarar miqdori 1,7 mlrd so‘mga baholanmoqda – ushbu hajmdagi elektr energiyasi o‘rtacha 18 mingta xonadonning bir oylik iste’molini tashkil qiladi.
Xususan, G‘ijduvon tumanida joylashgan «Mirzayon zamini sardori» fermer xo‘jaligi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanishi natijasida 428 mln so‘m zarar keltirgan.
Buxoro shahar, «Havzi Nav» MFY, «Beruniy» ko‘chasi, 52-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro N.Y. ga tegishli mayning qurilmalarini elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanishi orqali yetkazilgan zarar miqdori 321 mln so‘mni tashkil etgan.
Yana bir holatda Shofirkon tumanida fuqaro U.I. ga tegishli qum tarkibidan rangli metall ajratish uskunasi elektr tarmog‘iga noqonuniy ravishda, o‘zboshimchalik bilan ulanishi natijasida 134 mln so‘m qayta hisob-kitob amalga oshirilgan.
«Elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan iste’molchilarning elektr qurilmalari tarmoqdan ajratilib, holat bo‘yicha rasmiylashtirilgan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilmoqda. Hududlarda nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda», deyiladi Energetika vazirligi xabarida.
Mavzuga oid
12:33 / 13.12.2024
Buxoroda 2,6 mln dollarlik kriptoaktivlar bilan savdo qilgan 17 yoshli o‘smir ushlandi
10:24 / 02.12.2024
Buxoro viloyati hokimiga ikki nafar yangi o‘rinbosar tayinlandi
13:41 / 30.11.2024
Prezident yig‘ilishidan keyin Buxorodagi uchta tuman va bir shaharda hokim o‘zgardi
10:37 / 04.11.2024