O‘zbekiston | 13:11 / 24.02.2023
11083
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqanddan Ufaga parvoz qilgan samolyot uchish aeroportiga qaytib keldi 

Samarqanddan Ufaga parvoz qilgan samolyot uchish aeroportiga qaytib keldi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar bermoqda.

Foto: Uzbekistan Airports

«Azimut» aviakompaniyasining Samarqand — Ufa yo‘nalishi bo‘ylab uchgan samolyoti texnik sabablarga ko‘ra «Samarqand» xalqaro aeroportiga qaytgan.

Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da bortida 87 yo‘lovchi bo‘lgan AZO7040 reysi uchish aeroportiga kelib qo‘ndi.

Ayni damda yo‘lovchilar Samarqand aeroporti terminaliga joylashtirilgan.

Mavzuga oid