O‘zbekiston | 10:17 / 09.03.2023
4114
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Rossiya kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘paydi

2023 yil 1 mart holatiga respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 13 161 tani tashkil etgan. 

Foto: Shutterstock

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar davlatlar kesimida soni:

  • Rossiya – 2 835 ta;
  • Turkiya – 1 806 ta;
  • Xitoy – 1 763 ta; 
  • Qozog‘iston – 988 ta;
  • Koreya – 748 ta.

Xorijiy kapital ishtirokida 2023 yilning yanvar-fevral oylarida yangi tashkil etilgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:

  • Rossiya – 151 ta;
  • Xitoy – 65 ta;
  • Turkiya – 40 ta;
  • Qozog‘iston – 34 ta.

Mavzuga oid