O‘zbekiston | 16:57 / 13.03.2023
10405
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda oshxonani gaz tarmog‘iga ulab berishni aytib 5 mln so‘m olgan gaz idorasi xodimi ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Prokuratura departamenti

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXX Samarqand shahar bo‘limlari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda, Samarqand shahar gaz ta’minoti bo‘limi texnigi Sh.A. tadbirkorga qarashli oshxonani tabiiy gaz tarmog‘iga ulab, tegishli hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 5 million so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid