Jahon | 17:46 / 22.03.2023
18710
2 daqiqa o‘qiladi

CIT: Rossiya T-54/55 sovet tanklarini omborlardan qayta chiqarib olyapti

1940-yillarga mansub bu tanklar Ukrainaga yuborilishi mumkin.

Foto: Videodan kadr

Conflict Intelligence Team (CIT) surishtiruv loyihasiga ko‘ra, Rossiya 40-50-yillarda ishlab chiqarilgan T-54/55 oilasiga mansub sovet tanklarini omborlardan qayta chiqarib olishni boshladi

Loyiha ixtiyorida Uzoq Sharqdan harbiy texnika olib ketayotgan poyezd suratlari bor. 

CIT ma’lumotlariga ko‘ra, T-54/55 tanklari bo‘lgan poyezd yaqinda Primore o‘lkasining 1295-Markaziy zaxira va tanklar bazasi joylashgan Arsenev shahridan jo‘nab ketgan. 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, T-54’ning birinchi modifikatsiyalari sovet armiyasi tomonidan 1940-yillarning ikkinchi yarmida, T-55 esa 1958 yilda qabul qilib olingan. 

«Biz ushbu tanklar nima maqsadda qo‘llanishi mumkinligiga aniq javob berishda qiynalyapmiz, ammo har qanday holatda ham, BTR-50 omborlardan olib chiqilishi va MT-LB’ga kema zenit qurollarini o‘rnatish bilan bir qatorda, bu Rossiya Qurolli kuchlarini zirhli transport vositalari bilan ta’minlashga oid jiddiy muammolarni aniq ko‘rsatmoqda», deyiladi CIT bayonotida. 

Mavzuga oid