Jahon | 09:34 / 27.03.2023
5151
2 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Makedoniya Kiyevga 12 ta Mi-24 vertolyotini bermoqchi

Shimoliy Makedoniya hukumati Ukrainaga 12 ta Mi-24 vertolyotlarini topshirishni taklif qiladi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Slavyanka Petrovskaya Alsat telekanali efirida gapirib o‘tdi.

Foto: AP

Uning aniqlik kiritishicha, Shimoliy Makedoniya Bosh shtabi bu foydalanishdan olib qo‘yilgan vertolyotlarni Kiyevga topshirish bo‘yicha kelishib olgan hamda bu masala 29 mart, chorshanba kungi hukumat majlisiga taqdim etiladi.

Avvalroq Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Shimoliy Makedoniyadagi hamkasbi Buyar Usmoniy bilan birgalikda Haagadagi Xalqaro sud (XJS) tomonidan Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olish uchun chiqarilgan orderni qo‘llab-quvvatlagan.

«Hech kim Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomidan, xalqaro humanitar huquqdan ustun emas, hech kim jazosiz urush jinoyatlarini, insoniyatga qarshi jinoyatlarni sodir eta olmaydi», dedi Berbok Skopega tashrifi chog‘ida. «Shuning uchun biz hozir hibsga olish orderi bo‘yicha Xalqaro jinoiy sudni qo‘llab-quvvatlamoqdamiz», deya qo‘shimcha qildi u. Avvalroq Germaniya kansleri Olaf Shols ham xuddi shunday bayonot bergan edi. «Hech kim huquq va qonundan ustun turolmaydi», dedi u.

Mavzuga oid