Jahon | 17:36 / 29.03.2023
4486
2 daqiqa o‘qiladi

XOQ pozitsiyasiga qarshi: World Athletics Rossiya sportchilarini musobaqalarga kiritmaydi

Foto: Getty Images

Xalqaro yengil atletika federatsiyalari assotsiatsiyasi (World Athletics, WA) Xalqaro olimpiya qo‘mitasi Ijroiya qo‘mitasi tavsiyasiga qaramay, Rossiya va Belarus sportchilarining musobaqaga kirishiga yo‘l qo‘ymaslik pozitsiyasiga amal qiladi

«WA pozitsiyasi o‘zgarmadi», deya ma’lum qildi assotsiatsiya. «XOQ ta’kidlaganidek, musobaqalarda ishtirok etishga ruxsat berish to‘g‘risidagi qaror xalqaro federatsiyalar vakolatiga kiradi», — deyiladi xabarda. 

Yevropa yengil atletika assotsiatsiyasi (EAA) bu sportchilarni chetlashtirish qilish tarafdori bo‘lib turibdi. Germaniya yengil atletika assotsiatsiyasi (DLV) ham xuddi shunday yo‘nalishga amal qiladi. 

«Xalqaro olimpiya qo‘mitasining rossiyalik va belaruslik sportchilarning xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etishi bo‘yicha tavsiyalaridan keyin ham biz avvalgi pozitsiyada qolamiz», — dedi DLV boshqaruvi raisi Idriss Gonshchinska. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, DLV Rossiya Ukrainaga qarshi urush olib borayotgan bir paytda Parijda 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan olimpiadada bu ikki davlat sportchilari ishtirok etishini tasavvur qila olmaydi. 

28 mart kuni XOQ Ijroiya qo‘mitasi xalqaro federatsiyalarga urushni neytral sportchilar sifatida qo‘llab-quvvatlamagan rossiyalik sportchilarga musobaqalarda qatnashishga ruxsat berishni tavsiya qildi. Musobaqaga kiritish bo‘yicha tavsiya faqat individual sport musobaqalari ishtirokchilariga tegishli. 

Mavzuga oid